Marokash terma jamoasi Fransiya bilan oʻyindagi hakamlikdan norozilik bildirdi
Foto: Reuters
Chorshanba oqshomida Marokash terma jamoasi jahon chempionati yarim finalida Fransiyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ertasi kuni Marokash futbol federatsiyasi meksikalik Sezar Ramosning hakamligi yuzasidan norozilik bildirganini eʼlon qildi.
Marokashliklar bir nechta holatlarga, xususan, Fransiya terma jamoasi jarima maydonchasida Sofyan Bufal va Teo Ernandes oʻrtasidagi toʻqnashuvdan soʻng hakam penalti belgilamagan epizodga eʼtibor qaratgan.
Taʼkidlash joizki, ushbu eʼtiroz oʻyin natijasini koʻrib chiqish uchun sabab boʻlmaydi.
Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, Marokash terma jamoasi 17-dekabr kuni jahon chempionatining uchinchi oʻrni uchun Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Ertasi kuni finalda Argentina va Fransiya terma jamoalari oʻzaro bahs olib boradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring