Marokash terma jamoasi Afrika kubogida ishtirok etmaydi

23:13 12 Yanvar 2023 Sport
1563 0

Foto: Reuters

Marokash terma jamoasi 13-yanvar — 4-fevral kunlari Jazoirda boʻlib oʻtadigan Afrika kubogida ishtirok etmaydi. Bu haqda Marokash qirolligi futbol federatsiyasi rasmiy saytida maʼlum qilindi.

Marokash jamoasi Jazoirga ucha olmaydi, chunki “Royal Air Maroc” milliy aviatashuvchisiga mamlakatlar oʻrtasidagi ziddiyat tufayli ushbu davlat havo hududiga kirishi taqiqlangan.

Eslatib oʻtamiz, Qatarda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Marokash terma jamoasi yarim finalga qadar yetib kelgan edi. Eʼtiborlisi, ushbu Marokash bunday natijaga erishgan Afrika qitʼasining birinchi terma jamoasi boʻldi. Marokashliklar jahon chempionatida oʻz guruhida birinchi oʻrinni egalladi. Ular pley-off bosqichida Ispaniya va Portugaliya terma jamoalarini magʻlub etishdi. 1/2 final bosqichida esa fransuzlarga imkoniyatni boy berishdi. Uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda Xorvatiyaga yutqazib qoʻydi.

Avvalroq, Marokashdagi stadionga «PSJ» futbolchisi Ashraf Hakimi nomi berilgani haqida xabar berilgandi.

Marokash terma jamoasi aʼzolari Qatarda boʻlib oʻtgan jahon chempionatidagi ishtiroki uchun oladigan mukofot pullarini kambagʻal vatandoshlariga xayriya qilishi maʼlum boʻlgan edi.

Bu haqda xabar bergan jurnalist Xolid Beydunning aytishicha, pul kambagʻal vatandoshlarga yordam berish uchun yoʻnaltiriladi. Jamoaning turnirdagi ishtiroki uchun 25 million dollar mukofot puli ajratilgan.

Oʻtgan yilning 15-dekabr kuni terma jamoa yarim himoyachisi Hakim Ziyesh jahon chempionatidagi ishtiroki uchun ajratilgan mukofot pulini xayriya qilgan edi. Futbolchi 2015-yildan beri terma jamoada oʻynagani uchun pul olmaydi. U barcha mablagʻni xayriya ishlariga sarflaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?