Markaziy Osiyoda EURLO loyihasi doirasida fuqarolarni qaytarish boʻyicha Yevropa aloqa ofitserining taqdimnomasi
Kecha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organlari vakillarining Polsha Respublikasi Chegara xizmati delegatsiyasi bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining Polshadagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Babayev ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida delegatsiya rahbari janob Andjey Yakubashek Markaziy Osiyodagi EURLO loyihasi doirasida fuqarolarni qaytarish boʻyicha aloqa ofitseri Edita Skibinska bilan tanishtirib, ushbu loyiha Polsha Chegara xizmati xodimining Oʻzbekiston hududida Yevropa aloqa ofitseri sifatida fuqarolarni qaytarish masalalari boʻyicha 1 yil muddatda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
EURLO loyihasi Belgiya Immigratsiya idorasi tashabbusi bilan amalga oshirilgan va uning tarkibiy qismlaridan biri Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar (loyiha hamkorlari) tomonidan uchinchi mamlakatlarga topshirilgan qaytarish masalalari boʻyicha umumiy aloqa ofitserlari tarmogʻini yaratishdir. Loyiha Yevropa Kengashi tomonidan moliyalashtiriladi. Loyiha ishtirokchilari migratsiya boshqaruvi sohasida toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik amalga oshiriladigan mamlakatlarda xizmat qiluvchi YEURLO aloqa ofitserlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega. Aloqa ofitseri lavozimida xizmat qiluvchi shaxslar Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlgan davlatlardan vazifalarni bajarishga vakolat oladi va bir qator davlatlar loyiha hamkorlari hisoblanadi (Shvetsiya, Niderlandiya, Belgiya, Norvegiya, Finlyandiya va Polsha).
Shu bilan birga Polsha va Oʻzbekiston vakolatli organlari mutaxassislari tomonidan Markaziy Osiyoda aloqa ofitserining quyidagi vazifa va majburiyatlari atroflicha muhokama qilindi:
- Markaziy Osiyo davlatlari migratsiya xizmatlarining noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish salohiyatini rivojlantirishning asosiy ehtiyojlarini aniqlash;
- seminarlar, kurslar va tajriba almashish uchun Polsha Respublikasiga hamda boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ishchi tashriflar tashkil qilish orqali, shuningdek, mintaqada Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar migratsiya xizmatlari salohiyatini mustahkamlash;
- Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻizistonning tegishli idoralari va xalqaro tashkilotlarning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari (YEURLO loyihasi hamkorlari) hududidan qaytarish (ixtiyoriy yoki majburiy) sohasidagi tegishli xizmatlari bilan hamkorlik qilish, shu jumladan ushbu fuqarolarining shaxsini tasdiqlash orqali;
- belgilangan davlatlar migratsiya xizmatlari orqali hujjatlar haqiqiyligi tasdiqlangandan keyin YEURLO loyiha hamkori tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
- YEURLO loyihasi hamkorlarini, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari bilan readmissiya qilish toʻgʻrisidagi ikki tomonlama shartnomalarni tuzish boʻyicha muzokara olib borish jarayonida qoʻllab-quvvatlash.
Shuningdek, uchrashuv davomida ikki davlat vakolatli organlari oʻrtasidagi hamkorlikni yana-da kuchaytirish istiqbollari belgilab olinib, tomonlar bir-birini qiziqtirgan masalalar yuzasidan oʻzaro fikr almashdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring