Markaziy Osiyo va Rossiya Federatsiyasi munosabatlari tarixi va buguni ekspertlar nigohida
Germaniyaning Konrad Adenauer jamgʻarmasi shu yilning 13-17-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasida (Moskva va Qozon shaharlarida) “Yevroosiyoda tarixini ilmiy tadqiq etishning dolzarb masalalari” Yevroosiyo diqqat markazida: Markaziy Osiy va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi munosabatlarning tarixi va bugungi kuni» mavzuida xalqaro ilmiy -amaliy anjuman tashkil etdi.
Anjumanda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston, Rossiya va Germaniyaning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari va tahlil markazlaridan tarix, manbashunoslik, etnologiya va sotsiologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislar va ekspertlar ishtirok etdi. Konferensiyada mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi, keng koʻlamli tashqi va ichki muammolari yuzasidan muhokama kilindi. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo va Afgʻoniston qoʻshnichiligi muammolari, chegara xavfizligi va mintaqada tinch-totuv yashash buyicha dolzarb masalalar chuqur tahlil qilindi.
Yetakchi ekspertlar: Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti professori I.Safranchuk, Germaniyaning Sharqiy Yevropa va xalqaro aloqalarni oʻrganish markazining ilmiy xodimi, doktor Beata Eshment, Markaziy Osiyo xalkaro instituti eksperti Ravshan Nazarov, tojikistonlik siyosiy sharhlovchi, jurnalist Sharif Xamdampurlar Afgʻonistondagi ichki vaziyat va uning mintaqaviy siyosati, ziddiyatning etnopolitik jihatlari, Markaziy Osiyodagi afgʻon siyosiy aspekti yuzasidan Yevroosiyodagi geosiyosiy vaziyat toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.
Anjuman doirasida Rossiya va Markaziy Osiyodagi tarixiy tadqiqotlarning dozarb masalalariga bagʻishlangan qismida Markaziy Osiyo xalqaro institutining Tarixiy-madaniy merosni oʻrganish va gumanitar tadqiqotlar boʻlim boshligʻi t.f.n A.Sabirov “Ogʻzaki tarix (oral history). Markaziy Osiyo tajribasi” va boʻlimning bosh ilmiy xodimi t.f.d. P.Abdullayev
“20 asr boshlarida Markaziy Osiyodagi milliy siyosiy tashkilotlar” mavzusida maʼruza kilishdi.
MOXI mutaxasisslari arxiv va boshqa noyob tarixiy hujjatlardan foydalanib, XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda koʻp partiyali tizimning shakllanishi bilan bogʻliq ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga alohida eʼtibor qaratdilar. Xususan, ular ijtimoiy-siyosiy tarixni oʻrganish jarayonida fanlararo tadqiqot usullari asosida yangi yondashuvlarni, jumladan, ogʻzaki tarix sifatida yangi metodologik yunalishini taklif kilishdi.
Markaziy Osiyo xalqaro instituti va Konrad Adenauer xalqaro jamgʻarmasi oʻrtasida imzonlangan hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan, konferensiya doirasida MOXI taqdimoti oʻtkazildi.
Unda MOXI ekspertlari tomonidan bir qator xorijiy tahlil markazlari bilan hamkorlik boʻyicha samarali muzokaralar olib borildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring