Malayziyaning sobiq Bosh vaziri xotirasiga hurmat bajo keltirildi
Bugun Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi Erkin Gadoyev hamda Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Odiljon Mamatkarimov Malayziyaning Toshkentdagi elchixonasiga borib, ushbu mamlakatning sobiq Bosh vaziri Abdulloh Ahmad Badaviyning vafoti munosabati bilan taʼziya bildirishdi.

Senatorlar elchixonada Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli va istiqbolli hamkorlikka va uning jadal rivojiga katta eʼtibor qaratib kelgan davlat arbobi, marhum Abdulloh Ahmad Badaviy Janobi oliylarining porloq xotirasiga hurmat bildirishdi va taʼziyalar kitobiga hamdardlik soʻzlarini yozib qoldirishdi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring