Maktabning yangi binosi foydalanishga topshirildi

17:32 17 Yanvar 2025 Jamiyat
408 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida maʼnan eskirgan maktab binolari oʻrniga yangilari qurib bitkazilmoqda. Jalaquduq tumanidagi 19-umumtaʼlim maktabi uchun ham yangi bino foydalanishga topshirildi.

— Maktabimiz binosi 1967-yilda qurilgan edi, — deydi maktab direktori Malohatxon Xolnazarova. — Shu bois bugungi kun talablariga toʻliq javob bera olmay qolgandi. Qolaversa, oʻquvchilar sonining ortishi yangi binoga boʻlgan ehtiyojimizni oshirdi. Qiymati 11 mlrd. 7 mln. soʻm mablagʻ hisobiga 885 oʻrinli 4-qavatli yangi oʻquv binosi va mini sport maydoni qurib bitkazildi. Natijada oʻquvchilar zamonaviy talablarga mos sinf xonalarida saboq olish imkoniga ega boʻldi.

Maktabning eski binosi 550 oʻrinli boʻlgani bois darslar ikki smenada tashkil etilar edi. Yangi bino foydalanishga topshirilgach, mashgʻulotlar bir smenada olib boriladi. Natijada kunning ikkinchi yarmida qoʻshimcha mashgʻulotlar tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер