Maktab va OTM hamkorligi istiqbolga xizmat qiladi
Foto: Xalq so‘zi
Mamlakatimizda bugungi modernizatsiya jarayonlari, islohot va oʻzgarishlar natijadorligi maktab taʼlimiga, yangi avlod kadrlarini yetishtirishga chambarchas bogʻliq. Shunga koʻra maktablar faoliyatini bugungi kun talablari asosida tashkil etish ishlariga ustuvor eʼtibor qaratilmoqda. Bu jarayonga oliy taʼlim muassasalarining ham jalb etilayotgani bejiz emas. Chunki uzluksiz taʼlimning bu ikki boʻgʻini bir-birini toʻldiradi va rivojlantiradi.
Samarqand xalqaro texnologiya universiteti jamoasi ham viloyatdagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va sifatini oshirish maqsadida oʻquvchi-yoshlarning oʻz isteʼdodini toʻliq namoyon etishlariga har tomonlama koʻmaklashmoqda.
Xususan, 2015-yili Samarqand shahrida ilk bor xususiy maktab sifatida tashkil etilgan “Istiqbolli taʼlim” nodavlat taʼlim muassasasi bilan Samarqand xalqaro texnologiya universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlik doirasida maktab oʻquvchilariga taʼlim-tarbiya berish va oʻqituvchilarning malakaviy darajalarini oshirishda universitet professor-oʻqituvchilari yaqindan yordam beradi, matematika, kimyo, fizika va boshqa tabiiy fanlardan qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtkazib boriladi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring