Maktab oʻquvchilariga qanday qoʻshimcha mahsulotlar berish tavsiya etiladi?

17:45 08 Sentyabr 2022 Jamiyat
757 0

Foto: Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Bolalar tanavvul qiladigan oziq-ovqatlar vitaminlarga boy, toʻyimli va asosiysi, salomatlik uchun xavfsiz boʻlishi zarur. Bu nafaqat taomlar, balki qoʻshimcha ovqat sifatida isteʼmol qilinadigan mahsulotlarga ham tegishli talab!

Shu bois, “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”da oʻquvchilarni qoʻshimcha ovqatlantirishga doir meʼyorlar ham belgilangan. Ular quyidagi mahsulotlarni oʻz ichiga oladi:

— Mevalar (olma, nok, mandarin, apelsin, banan va boshqalar);

— Idishga solingan, gazlanmagan ichimlik suvi;

— Meva va sabzavot sharbatlari, ichimliklar, instant, vitaminli ichimliklar;

— Sterillangan sut va sut mahsulotlari (yogʻlilik darajasi 2,5 va 3,2 foiz);

— Achitilgan sutdan tayyorlangan mahsulotlar (yogʻlilik darajasi 2,5 va 3,2 foiz);

— Tvorogli mahsulotlar (yogʻlilik darajasi 9 foizdan oshmasligi zarur);

— Non mahsulotlari;

— Ishlab chiqarilgan va uyda pishirilgan, mikronutriyentlar bilan boyitilgan (vitaminli) xamirli qandolat mahsulotlari (pishiriq, vafli, kichik kekslar);

— Qandolat mahsulotlari (iris, zefir, batonchik, konfetlar) shu jumladan mikronutriyentlar bilan boyitilgan (vitaminli) shokolad.

Ushbu mahsulotlar bittadan assortimentda, ishlab chiqarish turidagi qadoqda tarqatilishi lozim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?