Mahorat maktablari tashkil qilgan ustoz jurnalistlarga xizmat haqini toʻlab berishni yoʻlga qoʻyamiz — Olimjon Oʻsarov

16:16 23 Iyun 2021 Madaniyat
1616 0

Bugun Oʻzbekiston Jurnalistlari Ijodiy uyushmasi tomonidan matbuot anjumani oʻtkazildi.

Unda uyushma raisi jurnalistlarni qamoqqa olinishi, ularning faoliyatidagi toʻsqinliklar va boshqa masalalarda oʻz fikrini bildirdi.

«Muhim yoʻnalishlarimizdan biri tahririyatlarda ustoz va shogird anʼanasini qayta yoʻlga qoʻyish. Yaʼni tahririyatlardagi bizga maʼlum va mashhur, taniqli jurnalistlarimizning mahorat maktablarini tashkil etish.

Mana shu mahorat maktablarini tashkil qilib, shogirdlar olib, maʼlum yoʻnalish boʻyicha tayyorlasa, ularning ixtisoslashuviga yordam bersa, ustozlarimga xizmat haqini toʻlab berishni ham yoʻlga qoʻyamiz», deydi Olimjon Oʻsarov.

Qayd etilishicha, uyushma hamda Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti oʻrtasida memorandum imzolanishi kutilmoqda. Yuqorida sanab oʻtilgan rejalar ham shu memorandum asosida amalga oshiriladi.

Shahnoza TOʻRAMURODOVA,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?