Magʻlub boʻlgan Oʻzbekiston, AQSH, Argentina… Olimpiada futbolining birinchi turi qanday oʻtdi? Birinchi turdan keyingi vaziyat (Foto+jadval)
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan XXXIII yozgi Olimpiada oʻyinlarining futbol musobaqasini 1-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi.
“A” guruhidan joy olgan Fransiya ochilish oʻyinida AQSHni 3:0 hisobida magʻlub etdi. Ushbu toʻrtlikdagi ikkinchi bahsda Yangi Zelandiya vakillari giveniyalik yoshlarni yengdi — 2:1.

“B” guruhidagi Marokash va Argentina bahsi turnirning eng munozarali oʻyini sifatida esda qoladigan boʻldi. Uchrashuvning asosiy vaqtida marokashliklar 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Bosh hakam esa oʻyinga 16 daqiqa qoʻshib berdi. Natijada uchrashuvning qoʻshib berilgan daqiqalarida lotin amerikaliklar hisobni tenglashtirdi. Ayni shu holat marokashlik muxlislarni jazavaga keltirdi va ular maydonga chiqib ketishdi. Oʻyin toʻxtatildi. Jamoalar esa bir soatdan keyin maydonga qaytishdi va qolgan daqiqalarni oʻynab qoʻyishdi. Bu orada VAR tizimi yordamida gol bekor qilindi va gʻalaba afrikaliklar tomonida qoldi — 2:1.

Ushbu guruhdagi Iroq Ukraina bahsida 2:1 hisobida qitʼadoshlarimiz gʻalaba qozondi.
Biz uchun ahamiyatli boʻlgan “C” guruhida Oʻzbekiston Ispaniyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda 2:1 hisobida yevropaliklar gʻalaba qozondi. Toʻrtlikdagi ikkinchi oʻyinda Misr va Dominikan 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.

“D” guruhida esa Yaponiya Paragvayni 5:0 hisobida tor-mor keltirdi. Isroil va Mali oʻrtasidagi oʻyinda esa gʻolib aniqlanmadi — 1:1.

Birinchi turdan soʻng yaponiyalik Syunsuke Mito va Shota Fudzio toʻpurar boʻlib oldi. Hozirda bu ikki futbolchi hisobida ikkitadan gol bor.
Avvalroq, 2023-yilda qishki Olimpiada qaysi shaharda oʻtkazilishi aniq boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring