“Made in Uzbekistan”: oʻzbek sanoati Pokistonni zabt etdi

Pokistonning Laxor shahrida “Made in Uzbekistan” deb nomlangan Milliy sanoat koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Bu ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va oʻzbek mahsulotlarini xalqaro maydonda ilgari surishda muhim qadam boʻldi.
Koʻrgazmada Oʻzbekiston sanoat mahsulotlarining eng yaxshi namunalari namoyish etildi:
Toʻqimachilik va charm: yuqori sifatli matolar, kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlar
- Elektrotexnika: zamonaviy maishiy texnika va uskunalar
- Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari: yangi uzilgan mevalar, sabzavotlar, konservalar va sharbatlar.
- Farmatsevtika: dori vositalari va tibbiy asboblar.
- Qurilish materiallari va mebellari: qurilish va interyer dizayni uchun ekologik toza va bardoshli yechimlar.
- Turizm: Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati, shu jumladan tarixiy obidalar va madaniy merosning taqdimoti.
Koʻrgazma koʻpchilikning eʼtiborini tortdi:
80 mingdan ortiq kishi Oʻzbekiston mahsulotlari bilan tanishish imkoniga ega boʻldi.
B2B formatida 500dan ortiq uchrashuv boʻlib oʻtdi.Uchrashuvlarda hamkorlik istiqbollari va yangi shartnomalar tuzish masalalari muhokama qilindi.
150 nafar tadbirkordan iborat oʻzbek delegatsiyasi mahalliy ishlab chiqarish quvvatini oʻrganish va hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish maqsadida Panjobning sanoat markazlari, jumladan Feysalabad, Sialkot, Multan va boshqa shaharlarga ham tashrif buyurishdi.
Qiymati 500 million dollarga teng 181ta shartnoma imzolandi.
Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasidagi imtiyozli savdo doirasida mahsulotlar roʻyxatini kengaytirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Pokistonda Oʻzbekiston savdo uylarini ochish va qoʻshma savdo yarmarkalarini tashkil yetish rejalashtirildi.
Toʻqimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat, qurilish va logistika sohalaridagi hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.
Pokiston biznes va hukumat vakillari Oʻzbekiston sanoatining salohiyatini yuqori baholadilar.
Pokiston savdoni rivojlantirish agentligi bosh direktori Fayz Ahmad “Oʻzbekiston sanoatni rivojlantirish borasida ulkan yutuqlarni namoyish etmoqda. Biz sherikligimizni mustahkamlash va mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo hajmini oshirishdan manfaatdormiz” deya taʼkidladi.
Koʻrgazma ishtirokchilari hamkorlikni faollashtirish va bunday tadbirlarni muntazam oʻtkazishga kelishib oldilar.
Pokiston matbuotining yozishicha, “Made in Uzbekistan” koʻrgazmasi nafaqat Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamladi, balki Oʻzbekiston sanoati xalqaro miqyosda raqobatlashishga tayyor ekanligini namoyon qildi. Bu iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va mamlakat eksport salohiyatini oshirish yoʻlidagi muhim qadamdir.
Sharofiddin Toʻlaganov
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring