Madaniyat va sanʼat xodimlariga Prezident sovgʻalari topshirildi

16:36 22 Avgust 2024 Jamiyat
146 0

Gʻayrat Otajonov/“Xalq soʻzi”. Gazetamizning oʻtgan sonlarida shu yilning 24-4-avgust kunlari Istanbulda xalqaro madaniyat va sanʼat festivalida 75 ta davlat vakillari orasida “Ayqulash” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli ikkita nominatsiyada gʻolib boʻlganligi haqida xabar berilgan edi.

Mamlakatimiz dovrugʻini dunyoga tanitayotgan qaysi soha vakillari boʻlmasin, ular hamisha Prezidentimiz eʼtiborida, albatta. Xususan, “Ayqulash” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli, Qoraqalpoq davlat qoʻgʻirchoq teatri va tuman madaniyat boʻlimlarining sanʼat va madaniyat sohasi rivojiga qoʻshayotgan hissalarini eʼtiborga olib, Davlatimiz rahbari ularni qoʻllab-quvvatlash transport va zarur uskunalar sovgʻa etish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi.

Nukus shahrida madaniyat va sanʼat xodimlariga Prezident sovgʻalarini topshirishga bagʻishlangan tantanali tadbir oʻtkazildi.

Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev soʻzga chiqib, soʻnggi yillarda hurmatli Prezidentimiz tomonidan barcha sohalar qatorida madaniyat va sanʼat xodimlarini qoʻllab-quvvatlash, sohani har tomonlama rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotganligi, bu borada qator farmon va qarorlarning qabul qilinishi sohani rivojlantirishning yangi bosqichga koʻtarilishiga asos boʻlib xizmat qilayotganligini taʼkidlab oʻtdi.

Tantanali tadbirda Prezidentimizning topshirigʻi bilan “Ayqulash” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambliga barcha qulayliklarga ega boʻlgan maxsus zamonaviy avtobus topshirildi.

Shuningdek, Qoraqalpoq davlat qoʻgʻirchoq teatriga “Isuzu” yuk avtotransporti, shu bilan birga, 7 ta tuman madaniyat boʻlimlariga “Damas” avtotransporti, 10 ta madaniyat boʻlimiga maxsus uskunalar toʻplamlari topshirildi.

Oʻtkazilgan tadbir davomida yoshi ulugʻ madaniyat va sanʼat xodimlari qaratilayotgan bunday eʼtibor va koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar uchun Prezidentimizga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер