Madaniy merosga mening hissam
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Buxoro davlat muzey–qoʻriqxonasining arab yozuvidagi qoʻlyozmalar boʻlimida yetti ming atrofida qoʻlyozma va toshbosma asar, shuningdek, tarixiy hujjat va xattotlik namunalari bor. Yaqinda ular qatoriga shahardagi Joʻybori Kalon madrasasi mudarrisalari hamda Qurʼoni Karim va tajvid oʻquv kursi qatnashchilari tomonidan tuhfa etilgan bir necha asar qoʻshildi.
“Madaniy merosga mening hissam” aksiyasi doirasida begʻaraz topshirilgan bu kitoblarning har biri qadrli. Ular orasida “Hoshiyatul Isom alal Jomiy” asari ham bor. U keyingi davr olimlaridan Mavlono Isomiddin qalamiga mansub hoshiya, yaʼni sharhning sharhidir.
— Ushbu asar ilk bor IX asrda yashab ijod etgan xorazmlik olim, sharqu gʻarbda taniqli boʻlgan Shayx Ibn Hojib rahmatullohi alayhi tomonidan “Kofiya” nomi bilan yozilgan, — deydi muzey- qoʻriqxona qoʻlyozmalar boʻlimi rahbari Ahtam Ahmedov. — Kitob arab tili grammatikasiga oid. Abdurahmon Jomiy yashagan davrda uning oʻgʻli tahsil oladigan madrasada ham shu asardan saboq berilgan. Farzandining “Kofiya”ni oʻqib tushunmayotganini koʻrgan Abdurahmon Jomiy kelajagi xususida qaygʻurib, otalik mehri bilan asarga sharh sifatida “Favoidi vofiya bi-halli mushkilot al-kofiya” (“Kofiya” asaridagi qiyinchiliklar-muammolarni yechishda qoʻl keladigan foydali kitob”)ni yozadi. Uning ikkinchi nomi “Sharhi Mullo Jomiy” deb nomlanadi. Bu kitob koʻp yillar davomida Markaziy Osiyo madrasalarida oʻqitilib kelingan. Hozirgacha grammatikaga oid eʼtiborli asar sanaladi.
Shu nuqtayi nazardan sharhga sharh tariqasida bitilgan “Hoshiyatul Isom alal Jomiy” ham alohida qimmatga ega. Kitob toshbosma nusxasi Turkiyada 1909-yilda chop etilgan.
Yaqinda “Madaniy merosga mening hissam” aksiyasida faol qatnashganlarning bir guruhi muzey–qoʻriqxona tomonidan taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring