Eron Yevropa davlatlari bilan yadro dasturi boʻyicha muzokaralarni toʻxtatdi
Eron Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya bilan yadro dasturiga oid masalalarni muhokama qilishni endilikda rejalashtirmayapti. Bu haqda TASS agentligi mamlakat Tashqi ishlar vaziri muovini Said Xatibzodaga tayanib xabar berdi.
Xatibzodaga koʻra, ushbu uch davlat sanksiyalarni tiklash imkonini beruvchi “snapback” mexanizmini ishlatishga harakat qilgan.
“Siz bilasiz, AQSH bilan muzokaralar — “Yevrouchlik” bilan muzokaralardan alohida masala. “Snapback” vaziyatidan soʻng biz ular bilan yadro dasturi boʻyicha muzokara olib bormaslikka qaror qildik, chunki ular xalqaro huquqqa zid harakat qildi. Yevropa davlatlari bilan munosabatlar davom etadi, ammo yadro masalasi muhokama qilinmaydi. Qolaversa, Germaniya BMT Xavfsizlik kengashining aʼzosi ham emas”, — dedi u.
Sentyabr oyi oxirida Yevropa Ittifoqi Kengashi Eronga nisbatan bir qator cheklovlarni qisman tiklashga qaror qilgan edi.
Yangilangan sanksiyalar toʻplami qator choralarni oʻz ichiga oladi:
— ayrim shaxslarga YI hududiga kirish taqiqlanadi;
— sanksiya roʻyxatlariga kiritilgan jismoniy va yuridik shaxslarning aktivlari muzlatib qoʻyiladi;
— savdo cheklovlari joriy etiladi;
— Eron Markaziy banki va yirik tijorat banklarining mol-mulki muzlatiladi;
— Yevropa aeroportlarida eronlik yuk samolyotlariga xizmat koʻrsatish taqiqlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring