Madaniy meros obidalarini asrash va raqamlashtirishda Yaponiyaning JICA agentligi bilan hamkorlik qilishga kelishildi

07:50 26 Sentyabr 2022 Siyosat
672 0

Foto: Халқ сўзи

Bosh vazir oʻrinbosari — Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Tokio shahrida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Akixiro Tanaka bilan uchrashdi. Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchisi Muxsinxoʻja Abdurahmonov ham uchrashuvda qatnashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati maʼlum qildi.

Tomonlar “Buyuk Ipak yoʻli” madaniy merosini asrash va uning raqamli arxivini yaratish, muzeylardagi eksponatlarni raqamlashtirish va u yerda faoliyat yurituvchi xodimlar malakasini oshirish, tarixiy obyektlar restavratsiya va konservatsiyasini oʻtkazish, uzoq togʻli va choʻl hududlarda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish va bunda yaponiyalik mutaxassislarni Oʻzbekistonda ishlashga jalb qilish kabi masalalarni muhokama qilishdi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida charter dasturni amalga oshirish orqali Yaponiyadan Oʻzbekistonga sayohat qiluvchi turistik oqimni oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakuniga koʻra, tomonlar YUNESKO koʻmagida Oʻzbekistondagi tarixiy obidalarni restavratsiya va konservatsiya qilish, uzoq hududlarda turistik infratuzilmani takomillashtirish hamda umrining katta qismini arxeologik va madaniy merosni tadqiq qilishga bagʻishlagan marhum Kato Kyudzu xotirasiga Surxondaryo viloyatida memorial kompleks yaratishga doir loyihalarni amalga oshirish masalalarini birgalikda ishlab chiqishga kelishishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?