“Liverpul” Yugo Ekitikeni jazoladi
Angliyaning “Liverpul” klubi Yugo Ekitikeni 2 haftalik maoshini bermaydi. Bu haqida “Daily Mail” nashri xabar berdi.
Oldin xabar berganimizdek, 23-sentyabr kuni Angliya Liga kubogi musobaqasining 3-bosqichi doirasida “Liverpul” jamoasi “Sautgempton”ni 2:1 hisobida magʻlub etdi.
Oʻyinda gʻalaba golini kiritgan “mersisaydliklar” hujumchisi Yugo Ekitike libosini yechib golni nishonlagani uchun maydondan chetlatildi.
“Daily Mail”ning yozishicha, “Liverpul” bunday “ahmoqona” chetlatilish uchun Yugo Ekitikening ikki haftalik maoshini ushlab qoladigan boʻldi.
Oʻyindan keyin jamoa bosh murabbiyi Arne Slot ham buni ahmoqlik deb atagandi.
Maʼlumot uchun, “Liverpul” navbatdagi uchrashuvini 27-sentyabr kuni “Kristal Pelas” maydonida oʻtkazadi. Ekitike esa diskvalifikatsiya tufayli ushbu bahsda maydonga tushmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring