“Kristal Pelas” Angliya Superkubogini qoʻlga kiritdi
Kecha Angliya Superkubogi final oʻyini tashkil etildi. Unda amaldagi Premyer liga chempioni “Liverpul” va amaldagi mamlakat kubogi sohibi “Kristal Pelas” klublari kuch sinashdilar.
“Uembli” stadionida oʻtgan oʻyin 2:2 hisobi bilan tugadi. Gollarga “Liverpul”da jamoaga yangi kelgan futbolchilar Yugo Ekitike va Djeremi Frimpong mualliflik qildi. “Kristal Pelas”dan esa Ismail Sarr va Filipe Mateta “mersisaydliklar” darvozasini ishgʻol etdilar.
Shunday qilib, superkubok taqdiri penalti seriyasida hal boʻladigan boʻldi. Futbol lotereyasida omad “londonliklar”ga kulib boqdi.
Muxammad Saloh, Mak Allister va Elliot kabi futbolchilarning muvaffaqiyatsiz zarbalaridan soʻng, Oliver Glasner shogirdlari 3:2 hisobi bilan gʻalaba qozondilar.
Shu tariqa 120-yillik tarixga ega boʻlgan “Kristal Pelas” klubi birinchi marta Angliya Superkubogini qoʻlga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring