Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdor korrupsioner boʻlib chiqdi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oʻtkazgan tezkor tadbirda Fargʻonada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdor xodim ushlandi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, “Fargʻona viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat boʻlimi boshligʻi qoʻlga tushirilgan.
Qayd etilishicha, u viloyatdagi tumanlardan birining elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi 2024-yil 9 oylik faoliyati davomida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun kelgusida ishdan boʻshatilmasligi evaziga, undan 1000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu noqonuniy ishga AJning xodimlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi ham aloqador ekanligi aniqlandi. Hozirda mazkur ikki shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi «a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring