Korxonalarga oʻz ehtiyoji uchun oʻrnatilgan quyosh panellarini tarmoqqa ulashga ruxsat beriladi
Illyustrativ foto
Oʻz xodimlarining farzandlari uchun bogʻcha tashkil qilgan toʻqimachilik sohasi korxonalariga xususiy bogʻchalardagi kabi har bir tarbiyalanuvchi boʻyicha subsidiya ajratiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.
Yigʻilishda shuningdek, barcha toʻqimachilik korxonalarini elektr taʼminoti oʻylantirayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan korxonalarga oʻz ehtiyoji uchun oʻrnatilgan quyosh panellarini tarmoqqa ulashga ruxsat beriladi va bu maqsadlar uchun 200 million dollar kredit resurslari yoʻnaltiriladi va stavkaning 10 foizgacha qismi qoplab beriladi.
“Mana, toʻqimachilik korxonalari uchun bir qator imtiyozlar berayapmiz. Lekin, qars ikki qoʻldan chiqadi”, dedi Prezident.
Hozir 15 ta klasterda tolani qayta ishlash quvvati yoʻq, yana 12 tasining quvvati yetarli emasligi koʻrsatib oʻtildi. Ular xomashyosi yetarli boʻlmagan ip-yigiruv korxonalari bilan samarali kooperatsiya tizimini yoʻlga qoʻyishi kerakligi qayd etildi.
Bunday klasterlarga qoʻshimcha investitsiya qilib, tolani qayta ishlash boʻyicha yangi loyiha qilish talabi qoʻyilmaydi va jozibador moliyaviy mexanizmlar taqdim etiladi.
Lekin klaster bu tizim asosida tolani qayta ishlashni boshlamasa, keyingi yildan klaster maqomi bekor qilinadi va paxta hosili uchun imtiyozli kredit berilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring