Korxona ehtiyojining 40 foizi quyosh fotoelektr stansiyasi orqali taʼminlanmoqda
![](https://xs.uz/upload/post/2024/02/12/805de9799fb653e6f106ef372c60b7230212.jpg)
Joriy yilning dastlabki oyidan boshlab “Qorakoʻl Kumush kalava” masʼuliyati cheklangan jamiyatida elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojning salmoqli qismi quyosh fotoelektr stansiyasi vositasida qondirila boshlandi.
Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi mazkur korxonada shu maqsadda qiymati 18,2 milliard soʻm boʻlgan loyiha amalga oshirildi. Bino tom qismida 2450 ta quyosh paneli oʻrnatildi.
— Korxonamiz hududi salkam 3,5 gektarni tashkil etadi, — deydi masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Asror Mansurov. — Shuning 10 800 kvadrat metri bino va inshootlardan iborat. Bilasiz, odatda, toʻquv dastgohlari elektr energiyasini koʻp sarflaydi. Qolaversa, korxonadagi ish samaradorligi koʻp jihatdan energiyaning uzluksiz yetkazib berilishiga bogʻliq. Xitoydan xarid qilingan fotoelektr stansiyasi shu kabi masalalarga oqilona yechim boʻldi. Uning quvvati yiliga 1,4 mVtni tashkil etadi. Biz korxonada elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojning qirq foizini quyosh panellari vositasida qoplashga erishayapmiz. Tahlillar koʻrsatayaptiki, buning natijasida mahsulot tannarxi 16 foizgacha arzonlashmoqda. Uni buyurtmachilarga oʻz vaqtida yetkazish borasidagi imkoniyatlarimiz ham kengaydi.
320 nafar ishchi faoliyat koʻrsatayotgan mazkur korxona yiliga oʻrtacha 7 million dollar miqdoridagi mahsulotni xorijiy davlatlarga eksport qilmoqda.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- Alisher Navoiy ijodini oʻrganish — qalb amrimiz boʻlmogʻi darkor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring