Inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri qanday yuritiladi?

Hukumat qarori bilan “Inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Mazkur reestr Adliya vazirligi tomonidan “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida barcha uchun ochiq holda olib boriladi.
Bunda masʼul organlar tomonidan inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi omillar roʻyxati tuziladi, tasdiqlanadi hamda ularni qayta koʻrib chiqish yoki yangilab borish ishlari amalga oshiriladi.
Reyestrni yuritishdan asosiy maqsad nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik va oshkoralikni taʼminlash, tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlar faoliyatini noqonuniy toʻxtatish holatlarining oldini olish va davlat nazoratida ham shaffoflikni taʼminlashdan iborat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring