Qoʻrgʻontepa tumanida qoʻlbola alkogol mahsulotlarini tayyorlash sexi fosh etildi
Qoʻrgʻontepa tumanidagi savdo doʻkoni omborxonasida qoʻlbola alkogol mahsulotlarini tayyorlash sexini tashkil etgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Qoʻrgʻontepa tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.A. “D.O.” MCHJni norasmiy boshqarib kelib, MCHJ savdo doʻkoni omborxonasida qoʻlbola alkogol mahsulotlarini tayyorlash sexini tashkil etganligi fosh qilindi.
Doʻkon va omborxonadan 100 dona yelim idishga quyilgan jami 1 000 litr qoʻlbola aroq va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring