Senatda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

12-fevral kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Elchisi Toyvo Klaar bilan uchrashdi.
Muloqot davomida Oʻzbekiston va Yevro Ittifoqiga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi strategik munosabatlar yangi bosqichga koʻtarilgani eʼtirof etildi.
YIning GSP+ tizimi doirasida savdo, iqtisodiyot, taʼlim, tibbiyot, innovatsiya sohalaridagi hamkorlik loyihalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Mamlakatimizda inson huquqlarini, gender tenglikni taʼminlashga hamda fuqarolik institutlari imkoniyatlaridan kengroq foydalanishga qaratilgan ishlar alohida qayd etilib, bu borada rivojlangan davlatlarning tajribalarini oʻrganish yuzasidan fikr almashildi.
Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar bilan parlamentlararo munosabatlarni kuchaytirish hamda qonun ijodkorligi va parlament nazoratini takomillashtirishga oid hamkorlik dasturlarini yoʻlga quyishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring