Koreya Respublikasi harbiy delegatsiyasi Qurolli Kuchlar akademiyasida boʻldi

15:37 01 Avgust 2023 Siyosat
467 0

Bugun, 1-avgust kuni Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov rasmiy tashrif bilan kelgan Koreya Respublikasi milliy mudofaa vaziri Li Jong Sup boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgani toʻgʻrisida xabar berilgandi.

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida oʻtkazilgan ikki tomonlama uchrashuvdan soʻng, Koreya Respublikasi mudofaa vaziri boshchiligidagi harbiy delegatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi.

Dastlab harbiy delegatsiya vakillariga akademiyaning infratuzilmasi, taʼlim jarayonlari va oʻquv moddiy bazalari bilan yaqindan tanishtirib borildi. Yetakchi oliy harbiy taʻlim muassasasida harbiy xizmatchilarning kasbiy professional mahoratini takomillashtirish maqsadida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlarni mehmonlar alohida eʻtirof etishdi.

Mazkur tashrif davomida ikki davlat mudofaa idoralari oʻrtasida hamkorlikda olib borilayotgan harbiy taʼlim masalalarining joriy holati hamda istiqbollari yuzasidan oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida fikr almashildi.

Tashrif davomida, akademiyada yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy va jangovar tayyorgarlik obyektlari, shuningdek, akademiya muzeyi Koreya Respublikasi vakillarida katta taassurotlar qoldirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?