Konstitutsiyaviy islohotlar ilmiy hamjamiyat tomonidan muhokama qilindi
Toshkent davlat yuridik universitetida “Konstitutsiyaviy islohotlar: ilmiy hamjamiyat nigohida” mavzusida ilmiy-jamoatchilik muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Toshkent davlat yuridik universiteti tashabbusiga asosan tashkil etilgan mazkur tadbirda huquq sohasidagi taniqli olimlar va amaliyotchilar, taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining yetakchi ekspertlari, shuningdek respublikamizning davlat organlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga fuqarolar tomonidan bildirilayotgan takliflarning ilmiy asoslarini muhokama etish hamda olimlarga Konstitutsiyaviy islohotlar boʻyicha taklif va tavsiyalarini bildirishlariga imkon berishi bilan ushbu muhokama dolzarb ahamiyat kasb etadi. Zero, rivojlangan davlatlar tajribasi ham huquqiy islohotlarning samaradorligi ularning ilmiy asoslanganiga bogʻliq ekanini koʻrsatadi.
Tadbirning maqsadi huquqshunos olimlar va amaliyotchilar oʻrtasida Oʻzbekistonda konstitutsiyaviy islohotlar boʻyicha ochiq muloqotni rivojlantirish, bu borada milliy va xorijiy ekspertlar bilan muloqot almashish hamda tegishli ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ilgari surishga imkon berishdir.
Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Konstitutsiyaviy komissiya raisi, akademik, yuridik fanlari doktori, professor Akmal Saidov hamda TDYU rektori Akbar Toshqulov kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Dastlab TDYU prorektori, yuridik fanlari doktori, professor Baxshillo Xodjayevning “Raqobat va bozor iqtisodiyotining konstitutsiyaviy huquqiy asoslari” mavzusidagi maʼruzasi tinglandi.
Shuningdek, ilmiy muhokama doirasida:
– konstitutsiyaviy normalarning inson huquq va erkinliklarini cheklovchi va davlatning cheklanmagan nazoratini yuzaga keltiruvchi jihatlarini tahlil etish;
– iqtisodiyotning oshiqcha davlat taʼsiri ostida rivojlanishiga imkon beruvchi amaldagi konstitutsiyaviy normalar yoki konstitutsiyaviy boʻshliqlarni muhokama etish;
– davlat hokimiyatining samarali nomarkazlashishi uchun toʻsiq boʻlayotgan konstitutsiyaviy normalar va boʻshliqlarni muhokama etishga eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, mamlakatimizda ijtimoiy davlatni shakllantirish, ekologik muammolarni minimallashtirishga qaratilgan konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarni yaratish, raqamlashtirishning konstitutsiyaviy institutlarga nisbatan taʼsirini ilmiy jihatdan aniqlash kabi mavzularda maʼruzalar tinglandi.
Muhokamada ishtirok etgan professor-olimlar, Adliya vazirligi huzuridagi tashkilotlar mutaxassislari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish, jumladan xususiy mulk daxlsizligi, inson huquqlari kafolatlari, ilmiy ijod erkinligi, jamoatchilik birlashmalari faoliyati boʻyicha bildirilgan qator fikr-mulohazalar qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi.
Tadbir yakunida maʼruzalar va muhokamalar asnosida bildirilgan takliflar umumlashtirilib, tegishli vazifalar belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring