Konstitutsiyaga kiritilayotgan barcha yangiliklar inson manfaatlariga xizmat qiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov va bir guruh deputatlar Jizzax viloyatida mahalla faollari, oʻqituvchilar, tibbiyot vakillari, ishlab chiqarish korxonasi xodimlari bilan uchrashib, yangilanayotgan Konstitutsiyadan oʻrin olgan yangi demokratik qoidalar, ularning mazmun-mohiyati, ahamiyati haqida keng axborotlar berdi.
Qayd etilganidek, bugungi hayotimizda insonning farovon yashashiga, davlatning barqaror rivojlanishiga jiddiy taʼsir etayotgan korrupsiya, monopoliya, masʼuliyatsizlik, nokompetentlik, beparvolik kabi illatlar hali ham mavjudligini rad etib boʻlmaydi, Yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan normalar aynan ushbu illatlarning ildiziga bolta urishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Uchrashuv va muloqotlarda fuqarolar Konstitutsiyaga kiritilayotgan barcha yangilik birinchi navbatda inson manfaatiga xizmat qilishi, undagi normalar hamma uchun tushunarli ifodalangani, har bir fuqaro unda oʻzini koʻra olishini aytib, referendumda faol ishtirok etishlarini maʼlum qildi.
Ali OQMURODOV, Baxmal tumanidagi “Doʻstlik” MFY faoli:
— Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni har bir inson oʻz hayotida sezyapti. Davlatimiz rahbari jamiyatimizga mehr dunyosini olib kirdi.
Yangilanayotgan Konstitutsiyada ham insonning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarda yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi belgilanmoqda. Eng muhimi, Konstitutsiyamizda “shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos boʻlmasligi” mustahkamlanmoqda.
Kiritilayotgan oʻzgarishlardan aholi juda mamnun. Ishonchim komilki, referendum yuksak koʻtarinkilik ruhida oʻtadi.
Rustam HAMDAMOV, xalq deputatlari Gʻallaorol tumani Kengashi deputati:
— Men Konstitutsiyaviy islohotlarning har bir bosqichini diqqat bilan kuzatdim. Hatto Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisining ikki kun davom etgan muhokasida aytilgan har bir fikr, kiritilayotgan yangiliklarni eshitib juda xursand boʻldim.
Mening eʼtiborimni tortgan eng muhim normalardan biri bu — fuqarolarning davlat hisobidan malakali yuridik yordam olishi davlat hisobidan kafolatlanayotganidir. Taʼkidlash joiz, muhtoj fuqarolarning malakali yuridik yordam olishga qurbi yetmagani bois, ularning huquqlari cheklangan deb qaralishi mumkin.
Buning ustiga hozirda bepul yuridik yordam faqat jinoyat qonunchiligi doirasida koʻrsatiladi. Fuqarolik ishlari, mehnat nizolari va boshqa yoʻnalishlarda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilmaydi.
Endilikda, fuqarolar nafaqat jinoyat ishlari doirasida, balki fuqarolik, mehnat va boshqa sohalarda ham davlat hisobidan yuridik yordam olishi mumkin boʻladi.
Sanobar DOʻSALIYEVA, Baxmal tumanidagi 4-umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi:
— Mamlakat taraqqiyotining yangi davrida oʻqituvchilarning jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini kuchaytirish, taʼlim tizimini zamon talablari asosida tashkil etish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, oʻqituvchilar majburiy mehnatdan – paxta yigʻim terimi, obodonlashtirish ishlariga jalb etilishdan xolos qilindi, taʼlim dargohlaridagi ortiqcha qogʻozbozlikka chek qoʻyildi. Bu kabi omillar taʼlim sifatining yaxshilanishiga, oʻqituvchilarning oʻz ustida ishlashiga, oʻquvchilarning bilishi oshishiga xizmatqilyapti.
Ayniqsa, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda davlat oʻqituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan oʻsishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishi belgilanmoqda.
Oʻylaymanki, mazkur norma ustoz va murabbiylar huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularning shaʼni va qadr-qimmatining mustahkam himoyalanishiga xizmat qiladi.
Baxtiyor AKROMOV, Gʻallaorol tumanidagi “Sarbozor” MFY faoli:
— Uzoq yillar mobaynida Oʻzbekistonda yerga nisbatan xususiy mulkning toʻlaqonli joriy etilmaganligi haqiqiy mulkdorlar qatlamini yetarlicha shakllanmasligiga, yerni haqiqiy tovar sifatida bozor muomalasiga kiritilmasligiga hamda xorijiy investorlarni milliy iqtisodiyotga nisbatan ishonchini pasayishiga olib keldi.
Bugungi kunda fuqarolarga tegishli uy-joylar, tadbirkorlarga tegishli binolar joylashgan yer uchastkalari ularga mulk huquqi asosida tegishli emas, yaʼni bino oʻziniki, yer davlatniki. Bozor iqtisodiyoti yerni ham xususiy mulk asosida ularga tegishli boʻlishini talab etadi.
Yangilanayotgan Bosh qomusimizda Yer xususiy mulk boʻlishi mumkinligi nazarda tutilmoqda. Hech bir mubolagʻasiz ushbu norma yangilanayotgan Konstitutsiyamizdagi haqiqiy inqilobiy yangiliklaridan biri sifatida mulkchilik munosabatlardagi katta kemtikni toʻldirdi deb aytsak, aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Barchamiz ertangi kunimizni belgilab beradigan tarixiy hujjatga befarq boʻlmaymiz.
Hududdagi uchrashuv va muloqotlar davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring