Konimexda «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi

11:30 30 May 2024 Jamiyat
254 0

Foto: «Xalq soʻzi»

Temur ESHBOYEV/ «Xalq soʻzi». Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda taʼkidlandiki, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joylarda tashkil etilgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari ilgari imkoniyati cheklangan shaxslarga tarqoq holda xizmat koʻrsatgan turli idoralarni birlashtirib, bugungi kunda inson manfaatlarini himoya qilishda yakdil kuchga aylandi. Mahallalar darajasida aholiga individual yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish orqali koʻplab ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarimizning ijtimoiylashuviga erishilmoqda.

Xususan, Konimex tumanidagi mahallalarda kompleks xizmat koʻrsatuvchi 6 nafar ijtimoiy xodimlar tomonidan jami 112 ta keys ochilgan boʻlib, ularning 61tasiga shu kunga qadar ijtimoiy xizmatlar koʻrsatildi.

— Oʻzim II guruh nogironiman, — deydi Yoqutxon Xoliqulova. — Mana shu markazga operator sifatida ishga qabul qilinganman. Vazifam oʻzimga oʻxshagan ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarining arizalarini 9 ta yoʻnalish boʻyicha qabul qilib, shuʼbalarga yoʻnaltirishdan iborat. Yangi binoda tabiiyki, xizmat sifati yanada yaxshilandi.

Foydalanishga topshirilgan yangi binoda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, markazda psixolog xizmati, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi faoliyati ham yoʻlga qoʻyilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?