Yurtimizda fidoyi oʻqituvchilar koʻp

17:50 16 Sentyabr 2025 Jamiyat
111 0

Toʻqson yillik hayotimning qariyb ellik yilini taʼlimga bagʻishlagan faxriy sifatida bugun sohaga, maktablarimizga oliy darajadagi eʼtibordan faxr-iftixor his etaman. Albatta, barcha tadbirlar taʼlim sifatini yaxshilash, yanada yuqori bosqichga koʻtarish, oʻqituvchi obroʻsi va mavqeyini yuksaltirishga pirovard maqsad mamlakat taraqqiyotini taʼminlashga qaratilgan.

Oʻqituvchi va pedagoglarga jamiyatning eʼtibor va ehtiromini paxta dalalarida nishonlangan bayramni aytmasak koʻrganimiz yoʻq. Natija hammaga maʼlum — tizimda, ayniqsa, olis hududlardagi maktablarda pedagog kadrlar taqchilligi yuzaga keldi. Uning asoratlari hammaga maʼlum. Bugun birgina Navoiy viloyati misolida oladigan boʻlsak, mamlakatimiz Prezidentining 2017-yil 29-sentyabrdagi “Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlari, Nurota tumanining olis choʻl hududlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2021-yil 11-yanvardagi “Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari ijrosi natijasida alohida fanlar boʻyicha pedagog kadrlar tanqisligiga deyarli barham berdi. Misol uchun Konimex tumanining markazdan 300 kilometr olis ovulidagi maktab filialida toʻrt nafar oʻquvchiga besh nafar oʻqituvchi dars berayotganligi yuqoridagi hujjatlarning bevosita ijobiy samarasidir.

Kuni kecha davlatimiz rahbarining Boʻstonliq tumanidan turib, oʻqituvchi pedagoglar bilan qilgan muloqotida ishtirok etib, jamiyatda oʻqituvchini eʼzozlash madaniyatini qaror topishtirishga qaratilgan yondashuv, tavsiya va daʼvatlaridan soha faxriysi sifatida koʻnglim togʻdek koʻtarildi.

Albatta, mazkur munosabat har bir pedagogdan oʻz ustida qunt bilan ishlash, tinimsiz izlanish, eng ilgʻor pedagogik texnologiyalarni dadil oʻzlashtirish va takomillashtirishni talab etadi. Zero, yuksak ehtiromga munosib javobgina yarashadi.

Himmat RAHMATOV,

Taʼlim faxriysi,

(Karmana tumani).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер