Koʻmir kukunidan maʼdanli oʻgʻit oʻrnida foydalanish mumkin
Foto: Xalq so‘zi
Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari Abdulaziz Anvarov va Muxtorjon Akramov sugʻoriladigan oʻtloqli tuproqlar sharoitida maʼdanli oʻgʻitlar oʻrniga koʻmir kukuni yuqori hosildorlik garovi ekanini ilmiy tatqiq etib, amalda isbotladilar. Buning uchun ular Angren konlaridan qazib olinayotgan qoʻngʻir koʻmir kukunini tajribada qoʻllashdi.
— Kukun tuproqdagi gumus miqdoriga ijobiy taʼsir koʻrsatib, oʻsimliklar uchun zarur ozuqa miqdorini koʻpaytiradi, — deydi yosh tadqiqotchi Muxtorjon Akramov. — U qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun arzon oʻgʻit vazifasini oʻtaydi.
Mutaxassislarning taʼkidlashlaricha, mahalliy koʻmir tarkibida ekinlar uchun zaruriy boʻlgan ozuqa elementlari mavjud. Ayni paytda maʼdanli oʻgʻitlar narxi tobora qimmatlashib borayotganligini inobatga olsak, koʻmir kukuni oʻzining ham foydaliligi, ham arzonligi bilan maqbuldir.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring