Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatining chorak finalchilari maʼlum: kim kimga qarshi maydonga tushadi (+turnir setkasi)

10:29 02 Iyul 2025 Sport
336 0

Amerika Qoʻshma Shtatlarida oʻtkazilayotgan Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatining 1/8 final bosqichi yakuniga yetdi va chorak finalda ishtirok etadigan jamoalar nomi maʼlum boʻldi.

Musobaqaning ushbu bosqichida dunyoning turli qitʼalaridan kuchli klublar qatnashmoqda. Braziliyaning “Palmeyras” va “Fluminense”, Germaniyaning “Bavariya” hamda “Borrusiya Dortmund”, Fransiyaning “PSJ”, Angliyaning “Chelsi” va Ispaniyaning “Real Madrid” klublari ushbu bosqichga yetib kelishdi. Osiyodan esa Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi chorak finalga yoʻl oldi.

FIFA tomonidan eʼlon qilingan rasmiy jadvalga koʻra, chorak final uchrashuvlari 4-iyuldan 5-iyulga oʻtar kechasi start oladi.

Uchrashuvlar quyidagi tartibda oʻtkaziladi: 5-iyul kuni soat 00:00 da Braziliyaning “Palmeyras” klubi Angliyaning “Chelsi” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Shu kuni soat 06:00 da “Fluminense” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoalari oʻzaro toʻqnash keladi (vaqtlar Toshkent vaqti bilan koʻrsatilgan).

5-iyul soat 21:00 da esa Fransiyaning “PSJ” va Germaniyaning “Bavariya” klublari kuch sinashadi. Soʻnggi chorak final bahsi esa 6-iyul kuni soat 01:00 da “Real Madrid” va Germaniyaning “Borussiya Dortmund” jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtadi.

Maʼlumot uchun, Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali 13-iyul kuni boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?