Kilian Mbappe “Oltin Butsa”ga ega chiqdi
“Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe 2024/25-yilgi mavsum uchun “Oltin Butsa” sovriniga sazovor boʻldi. Bu mukofot Yevropa milliy chempionatlari orasida eng koʻp samarali gollar urgan futbolchiga topshiriladi. Fransiyalik yulduz oʻzining “qirollik klubi” safidagi ilk mavsumida La Liganing 34 uchrashuvida 31 ta gol urishga muvaffaq boʻldi va UEFA koeffitsiyent tizimi asosida 62 ball bilan eng yuqori natijani qayd etdi.
UEFA tomonidan qabul qilingan tizimga koʻra, kuchli ligalarda urilgan har bir gol koʻproq baholanadi. La Liga kabi top-chempionatlarda har bir gol 2 ball bilan hisoblanadi. Mbappening 31 ta goli natijasida u 62 koeffitsiyent ball toʻpladi. Uning asosiy raqobatchisi – “Sporting” hujumchisi Viktor Gyokeres Portugaliya chempionatida 39 ta gol urgani bilan, bu ligadagi har bir gol 1.5 ballga teng baholanganligi sababli, jami 58.5 ball bilan orqada qoldi.
Bu sovrin Mbappe uchun faoliyatidagi ilk “Oltin Butsa” hisoblanadi. Real Madrid uchun esa bu beshinchi “Oltin Butsa” sovrini boʻldi. Klub tarixida avvalroq Krishtianu Ronaldu ushbu sovrinni uch marta (2011, 2014, 2015) va Ugo Sanches bir marta (1990) qoʻlga kiritgan edi. Shuningdek, Mbappe oʻzining Pichichi sovriniga ham ega chiqdi va “Real” tarixida bu sovrinni qoʻlga kiritgan 29-futbolchiga aylandi. Bu koʻrsatkich Ispaniya klublari orasida rekord sanaladi.
Mbappe La Liganing oxirgi turida “Real Sosiyedad”ga qarshi uchrashuvda ikki bor toʻp kiritdi va bu natija uni Viktor Gyokeres hamda “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohdan oʻzib ketishga imkon berdi. Eʼtiborlisi, u 2024/25-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda jami 42 ta gol urib, “Real Madrid” tarixidagi eng sermahsul debyutantga aylandi. U 1992/93-yilgi mavsumda Ivan Samorano oʻrnatgan rekordni ortda qoldirdi.
Birgina mavsumda “Oltin Butsa”, “Pichichi” va klub tarixidagi eng sermahsul debyut unvoniga ega boʻlgan Mbappe “Real Madrid” uchun qanday muhim transfer ekanini amalda isbotladi. U nafaqat jamoa, balki butun Yevropa futbolida oʻz nomini yozib qoʻydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring