Kikboksing: Hamyurtlarimiz Osiyo chempionatida 24 ta medalni qoʻlga kiritishdi
Tailandning Bangkok shahrida kikboksing boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazildi.
Kecha, 18-dekabr kungi musobaqada oʻzbekistonlik kikboksingchilar 6 ta oltin medal sovrindori boʻlishdi:
1. Abdumurotov Davlatbek — 67 kg;
1. Kosolapov Sergey — 69 kg;
1. Maxmudov Nazarbek — 51 kg;
1. Baratov Hsanxon — 91 kg;
1. Azimov Murodbek — 91 kg;
1. Baratov Husanxon — 91 kg.
Osiyo chempionatida 22 nafar kikboksing sport ustasi 27 ta yoʻnalishda mamlakatimiz sharafini himoya qilishdi. Chempionat sarhisobiga koʻra sportchilar 24 ta medalni qoʻlga kiritishdi. Ulardan:
10 tasi oltin, 9 tasi kumush va 5 ta bronza medalga ega chiqishdi.
Eng quvonarlisi, sportchilarning 6 nafari Jang sanʼati jahon oʻyinlari yoʻllanmasi uchun belgilangan vazn toifasida kurashib, ularning uchtasi keyingi yil Ar-Riyodda boʻlib oʻtadigan Jahon oʻyinlari musobaqasida qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Kelgusi yilda Ar-Riyodda boʻlib oʻtadigan jang sanʼati jahon oʻyinlarida Oʻzbekistondan birinchi marta kikboksing ustasi sifatida yurt bayrogʻini koʻtaradigan sportchilar tanishing:
Istamov Zarifjon — 60 kg.
Kosolapov Sergey — 69 kg.
Choriyeva Malika — 65 kg.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring