Kiyevga qurol yetkazib berish barqaror tinchlikka erishishning yagona yoʻli va sharti — NATO Bosh kotibi

Foto: AP
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Kiyevga qurol yetkazib berishni barqaror tinchlikka erishishning yagona yoʻli va sharti deb atadi.
“Biz Ukrainani gʻalaba qozonishi va suveren davlat sifatida qolishi uchun qoʻllab-quvvatlaymiz. Ukrainada barqaror va adolatli tinchlikni kafolatlashning yagona yoʻli bu ularga harbiy yordam berishdir”, deydi Stoltenberg.
Shu oʻrinda, u avvalroq NATOning barcha aʼzolarini Kiyevni zamonaviy qurollar, jumladan, tanklar bilan taʼminlashga chaqirganini qoʻshimcha qildi.
16-fevral kuni Buyuk Britaniya va Polsha rasmiylari Kiyevga yangi harbiy yordam berish toʻgʻrisida kelishib oldilar.
Qayd etilishicha, siyosatchilar Ukraina tomoniga tanklarni topshirish majburiyatini olgan, biroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak ularni yetkazib berish masalasida noaniqlik koʻrsatgan.
Kecha AQSH senatorlari prezident Jo Bayden maʼmuriyatini ukrainalik uchuvchilarni zamonaviy qiruvchi samolyotlardan foydalanishga oʻrgatish va uzoq masofali raketalarni Kiyevga oʻtkazishni boshlashga chaqirgan edi.
Bunday chaqiriq qonunchilar Lindsi Grem va Richard Blyumental tomonidan yillik xalqaro xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etish uchun Myunxenga safari oldidan matbuot anjumanida qilingan.
“Ukrainaga kerak boʻlgan navbatdagi narsa — qiruvchi samolyotlar. Harbiy havo kuchlarisiz umumiy qurolli operatsiyalarni oʻtkaza olmaysiz. MiG-29 samolyoti eskirgan”, deydi Grem.
“Biz Bayden maʼmuriyati va barcha ittifoqchilarimizni Ukraina uchun ilgʻor qiruvchi samolyotlardan foydalanishni oʻrganish jarayonini hozirdan boshlashga chaqiramiz”, deya qoʻshimcha qildi kongressmen.
Bu pozitsiya Blyumental tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. U yaqin orada Ukraina 300 kilometrgacha masofaga uchadigan ATACMS raketa tizimlarini olishiga umid bildirdi.
Oʻz navbatida, Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib bergani uchun NATO davlatlariga nota yubordi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol boʻlgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini taʼkidladi. Uning ogohlantirishicha, Gʻarb Ukrainaga uzoq masofaga uchuvchi qurollarni koʻpaytirar ekan, maxsus operatsiyaning geografik maqsadlari hozirgi chiziqdan tobora uzoqlashib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namangan Xalqaro festival mehmonlarini 30 million tup gul va chechaklar bilan kutib oladi
- Xitoy-Markaziy Osiyo sammiti: Sian mehmonlarni kutib olishga tayyor
- 1-iyundan boshlab «20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi
- Prezident boks finalini tomosha qildi – Fotoreportaj
- Sian shahrida O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
- «Markaziy Osiyo - Xitoy» sammiti ishtirokchilarini tantanali kutib olish marosimidan fotojamlanma
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring