Kiyevda Zelenskiy bilan uchrashgan Orban Moskvaga keldi
Foto: ТАСС
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Moskvada uchrashdi. Siyosatchilarning soʻnggi uchrashuvi 2023-yil Xitoyda «Bir makon, bir yoʻl» forumida boʻlgan edi.
Vengriya keyingi olti oy davomida Yevropa Ittifoqi kengashiga raislik qiladi. 2-iyul kuni esa Orban Kiyevga tashrif buyurib, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan koʻrishgan edi. Shuningdek, u 5-iyul kuni Bokuda boʻlib oʻtadigan Turkiy davlatlar tashkilotining sammitida ishtirok etishni rejalagan va bu unga Moskvada qolish imkonini beradi.
Orban Zelenskiyga Ukrainada oʻt ochishni toʻxtatish shartlarini taklif qilgan. Ammo u bularni rad etgan. Vengriya Bosh vaziri esa oʻzini Yevropa qitʼasi vakili ekanligini va bunga faqat Rossiya bilan muzokaralar orqali erishish mumkinligini tushuntirgan.
Vengriya hukumati bir necha bor Rossiya bilan ochiqchasiga gaplashish va Ukraina inqirozini hal qilish yoʻllarini izlash zarurligini taʼkidlagan. Bundan tashqari, u Moskvaga Yevropaga Ittifoqi vakili emas, balki, shaxsiy maqomda kelganini qoʻshimcha qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring