Kiyev oʻz hududining 20 foizidan voz kechishga tayyor

Illyustrativ foto
Kiyev, agar gap de-fakto (lotincha “de facto” soʻzidan olingan boʻlib, “aslida” maʼnosini beradi va qonuniy qoidalar bilan qoʻllab-quvvatlanmaydigan, sodir boʻlayotgan voqealarning haqiqatini bildirish uchun ishlatiladigan ibora – tahr.) tan olinishi haqida ketsa, oʻz hududining 20 foizidan voz kechishga tayyor. Bu haqda “The New York Post” AQSH maʼmuriyatining ismi oshkor etilmagan yuqori martabali amaldoriga tayanib yozmoqda.
“Asliga koʻra, Ukraina hududning de-yure (lotincha “de jure” soʻzidan olingan boʻlib, “qonuniy”, “qonun boʻyicha” maʼnosida ishlatiladigan ibora – tahr.) tan olish emas, balki de-fakto deb hisoblansa, hududning 20 foizidan voz kechishga tayyor, — deyiladi maqolada.
Nashr manbasi taʼkidlaganidek, oʻtgan haftada AQSH delegatsiyasi bilan boʻlib oʻtgan muzokaralarda Kiyev vakillari kelishuvning “hududlar”, yaʼni referendumlar natijasida Rossiya tarkibiga kirgan yangi hududlarga oid qismidan alohida xavotirda edilar.
Oʻtgan hafta Oq uyning maxsus vakili Stiv Uitkoff 11-aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda “hududiy muammo”ni Ukrainadagi kelishuv kontekstida muhokama qilganini aytdi.
“Rossiya baʼzi hududlarni, lekin hammasini emasni saqlab qolishi mumkin boʻladi. Shu bilan birga, u aholisi asosan rus tilida soʻzlashadigan mintaqalar Kiyev uchun unchalik muhim boʻlmasligi mumkinligini tan oldi”, — degan AQSH rahbari vakili.
Oʻz navbatida “Bloomberg” agentligiga koʻra, Qoʻshma Shtatlar kelishuv doirasida Qrimni Rossiyaniki deb tan olishga tayyor, biroq Vashington hozircha bu borada yakuniy qarorga kelmagan.
Ukrainada harbiylar joylashtirilishi mumkin
Oldinroq “The New York Post” gazetasi AQSH prezidenti Donald Tramp uch kun ichida Ukraina boʻyicha oʻzining tinchlik rejasini eʼlon qilishi haqida xabar bergandi. Unga koʻra, Yevropa tinchlikparvar kuchlari ushbu mamlakatga joylashtirilishi va ularga Vashington tomonidan moliyaviy koʻmak koʻrsatilishi mumkin.
“Prezident Tramp dushanba kuni Ukrainadagi urush boʻyicha oʻzining taklif qilgan tinchlik rejasi mazmunini shu haftada eʼlon qilishini aytdi, jumladan, taklif qilingan oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvini amalga oshirish uchun Yevropa qoʻshinlarini janglar boʻlayotgan davlatga joylashtirishni oʻz ichiga olishi mumkin”, — deyiladi nashr xabarida.
Shu bilan birga, gazeta manbalari xabar qilishicha, AQSH tinchlikparvar kontingentda ham ishtirok etishi mumkin, ammo u yerdagi harbiy kuch sifatida emas, balki uchinchi tomon bilan birgalikda moliyaviy kuch sifatida.
“Keyingi uch kun ichida sizga barcha tafsilotlarni aytib beraman”, — degan Tramp.ning yozishicha,
Gazetaga koʻra, Rossiya, Ukraina va NATOga aʼzo boʻlmagan uchinchi davlat ishtirokida qoʻshma komissiya shaklida alohida tinchlikparvar kuchlardan foydalanish masalasi muhokama qilinmoqda.
Nashrning taʼkidlashicha, Uitkoff Moskvaga shu hafta yakuniy, “eng yaxshi” taklifni taqdim etishi mumkin, bu taklifga baʼzi sanksiyalarni olib tashlash ham kiradi.
Rossiya bunga qarshi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov taʼkidlaganidek, Rossiya Ukrainaga xorijiy tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish masalasida murosaga kelish imkoniyatini koʻrmayapti. Uning aniqlik kiritishicha, agar Yevropa kontingenti paydo boʻlsa, Gʻarb davlatlari tinch yoʻl bilan kelishuv shartlari boʻyicha kelishishni istamaydi, chunki bu qoʻshinlar “yerda faktlar” yaratadi.
Rossiya prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa tinchlikparvar kuchlarni yuborish faqat mojaro tomonlarning roziligi bilan amalga oshirilishini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring