Kibersport boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishi ochiladi

Foto: Illustrativ surat
“Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–423-son, 16.11.2022-y.) qabul qilindi
Qarorga koʻra, kibersport turlari boʻyicha respublika va xalqaro chempionatlar va turnirlar tashkil etish, shuningdek, nufuzli xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda munosib ishtirok etish kibersport turlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.
2023-yildan anʼanaviy tarzda kibersport turlari boʻyicha:
har yili aprel oyida “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati;
har yili dekabr oyida “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” turniri;
har yili iyun oyida “Yoshlar kubogi” turniri oʻtkaziladi.
Qaror bilan Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish boʻyicha idoralararo kengash tashkil qilindi.
Shuningdek, kibersportda “ping” muammosini bosqichma-bosqich bartaraf qilishni nazarda tutuvchi Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2023/2024 oʻquv yilidan “Sport faoliyati: kibersport” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi ochiladi hamda ushbu yoʻnalish boʻyicha oʻqish muddati 3 yil etib belgilanadi.
“Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatida oxirgi bir yilda gʻolib (1-oʻrin) boʻlgan kibersportchilar 2023/2024 oʻquv yilidan mazkur bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirishdan ozod qilinib, ularga maksimal ball beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring