“Xoʻjayikon” tuz gʻori kelajak avlodga bus-butun yetib boradimi?

“Xoʻjayikon” tuz gʻori 1989-yilda ochilgan boʻlib, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani Koʻxitang togʻ tizmasi etaklarining janubi-sharqiy yonbagʻrida, dengiz sathidan 1200 metr balandlikda joylashgan.
Maʼlumot uchun: Moddiy madaniy meros obyekti hisoblanadigan “Xoʻjayikon” tuz gʻorining ichki qismida sanʼat galereyalari tizimi bilan birgalikda bir-biridan harorat, namlik, bosim va mikroiqlim boʻyicha farq qiluvchi beshta xona-kameralar mavjud. Gʻor devorlari oʻziga xos tarzda bir santimetrdan uch santimetrgacha tuz qatlami bilan qoplangan, oʻtish joyida tuz eritmali shifobaxsh buloq mavjud. Ushbu gʻor muhitida nafas yoʻllarining allergik kasalliklari, uzoq davom etadigan oʻtkir va surunkali bronxit, astma, pnevmoniya asoratlari, immuniteti pasaygan bemorlar va teri kasalliklarini davolashda foydali qoʻshimchalar mavjud.
Ayni vaqtda “Xoʻjayikon” tuz gʻori madaniy meros obyektiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan holatlar mavjud. Xususan, ushbu obyektdan Surxondaryo viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tarkibidagi Sherobod tumani tibbiyot birlashmasi xoʻjalik hisobidan tegishli asoslantiruvchi hujjatlarsiz foydalanib kelmoqda. Bu esa madaniy meros obyektining muhofazasini taʼminlashda bir qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda.
“Xoʻjayikon” tuz gʻori madaniy meros obyektini asrab avaylash, uni davlat muhofazasiga olish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli hamda 2021-yil 3-martdagi 119-sonli qarorlari bilan Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani, Oqtoshota qishlogʻi, “Chorbogʻ” MFYda joylashgan “Xoʻjayikon” tuz gʻori madaniy meros obyekti “Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi balansiga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan.
Mazkur qarorlar doirasida “Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi tomonidan “Xoʻjayikon” tuz gʻori madaniy meros obyektining kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, egalik huquqi olingan.
“Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi tomonidan Xoʻjayikon tuz gʻori madaniy meros obektidan samarali foydalanish hamda egalik huquqi asosida barcha turdagi tashrifchilar uchun ish faoliyatini tashkil etish maqsadida Surxondaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasiga bir necha bor murojaat qilingan.
Surxondaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan bu masala eʼtiborsiz qoldirilgani sababli, “Xoʻjayikon” tuz gʻori madaniy meros obyektidan Sherobod tumani tibbiyot birlashmasining majburiy tartibda chiqarilishini soʻrab, joriy yilning 18-aprel kuni “Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi tomonidan Termiz tumani tumanlararo iqtisodiy sudiga davo arizasi kiritildi.
Termiz tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan yakuniy sud qarori chiqarilishida “Xoʻjayikon” tuz gʻori madaniy meros obyektining kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishi yuzasidan Termiz tumanlararo maʼmuriy sud qarori chiqarilishi kutilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, joriy yilning 15-iyul kuni Termiz tumanlararo maʼmuriy sudi tomonidan koʻrib oʻtilgan ishda “Xoʻjayikon” tuz gʻori madaniy meros obyektining “Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berishdagi xatti-harakatlari qonunga xilof deb topilmoqda.
Taʼkidlash lozim muzey-qoʻriqxona “Xoʻjayikon” tuz gʻori madaniy meros obyekti xalqimizga yanada koʻproq samara keltirishi va kelajak avlodga bezarar yetib borishi uchun bir qator tadbirlarni maqsad qilgan.
Xususan, “Xoʻjayikon” tuz gʻori madaniy meros obyektidan tibbiyot davolash maqsadida ham foydalanilib, davlat va hususiy sanatoriyalar bilan keng hamkorlik olib borilishi, xalqaro miqiyosdagi diqqatga sazovor joylardan biriga aylantirilishi, mahalliy va xorijiy tashrifchilarning eko va tibbiyot turizmi doirasida keng jalb etilishi, mablagʻ tushumlarining tartibga solinishi va mazkur mablagʻlar byudjet mablagʻlari sifatida yoʻnaltirilishi hamda eng asosiysi — mazkur madaniy meros obyekti davlat muxofazasida ishonchli saqlanishi uchun “Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi balansida operativ boshqaruv huquqi asosida qoldirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring