“Xotin-qizlar bilan ishlash xaritasi” chora-tadbirlarni amalga oshirishda asosiy dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda

16:11 22 Noyabr 2022 Jamiyat
443 0

Foto: IIV Axborot xizmati

Mamlakatimizda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan davlat siyosatini Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga nisbatan samarali tatbiq etish, ularning ijtimoiy faolligi hamda kasbiy tashabbuskorligini oshirish, shuningdek bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash, mavjud muammolarini hal qilishga koʻmaklashish borasidagi ishlar manzilli tarzda amalga oshirilmoqda.

Xususan, Xorazm viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik D.Bogʻibekova tomonidan “Xotin-qizlar bilan ishlash xaritasi” asosida har bir xotin-qizning ish faoliyati va oilaviy sharoitini atroflicha oʻrganib, ularning xizmat faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bevosita rahbarlariga taklif kiritildi.

Shuningdek, moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga, tibbiy va psixologik yordamga muhtoj boʻlgan xodimalarning muammolariga yechim topishda amaliy koʻmak koʻrsatilmoqda.

Jumladan, tizimda faoliyat koʻrsatib kelayotgan barcha xotin-qizlar navbatdan tashqari chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularda aniqlangan kasalliklarni davolash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasalar bilan hamkorlik oʻrnatildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun maishiy komissiya va kasaba uyushmasiga taklif kiritildi.

Joriy yil davomida Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida faoliyat olib borayotgan va IIV Xorazm akademik litseyida oʻqiyotgan xotin-qizlar, shuningdek uzoq yillar samarali xizmat qilib pensiyaga chiqqan faxriy ayollar bilan viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi vakillari hamkorligida “Uch avlod ayollari” uchrashuvlari tashkil etildi.

Uchrashuvlarda ishtirokchilar eʼtiboriga mamlakatimizda xotin-qizlar va gender tenglik masalalarida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, ichki ishlar organlari xodimlari uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar toʻgʻrisida tushuntirildi.

Bundan tashqari maʼnaviyat marshrutiga muvofiq xotin-qizlarning uyushgan holda muzey, teatr, tarixiy qadamjolarga tashriflari tashkil etildi.

Xotin-qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarziga, tartib intizomga, kiyinish madaniyati va odob-axloq qoidasiga, qonuniylikka amal qilish, maʼnaviy-ruhiy muhit sogʻlomligini taʼminlash boʻyicha doimiy ravishda tushuntirish va targʻibot ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?