Xot-dog isteʼmoli va oilalarning ajrashishi taqiqlanadi – “New York Times”

11:32 07 Yanvar 2025 Dunyo
156 0

Kim Chen In mamlakatda xot-dog isteʼmoli hamda oilalarning ajrashishini taqiqladi. Bu haqida “New York Times” nashri xabar berdi.

Mamlakatda xot-dog taomlariga gʻarb mahsulotlari sifatida qaraladi. Ushbu taomni isteʼmol qilish davlatga xiyonat bilan tenglashtiriladi, deyiladi xabarda.

Maʼlum qilinishicha, xot-dog tayyorlash va sotishda qoʻlga tushganlar hamda ajrashmoqchi boʻlgan juftliklar oʻz ayblarini yuvishlari uchun olti oy davomida mehnat lagerlariga yuboriladi.

Dekabr oyining oʻzidayoq yuzlab ajrashmoqchi boʻlgan fuqarolar bir oydan olti oygacha mehnat lagerlariga yuborilgan.

“Mehnat lagerlarida jazo oʻtayotgan ajrashmoqchi boʻlganlar soni 120 dan ortgan. Ularning 80 nafarga yaqini ayollar, 40 nafardan ortigʻi esa erkaklardir. Erkaklar ayollarga qaraganda qattiqroq jazoga tortilmoqda”, — deydi uch oylik mehnat lageriga yuborilgan ayol OAVga bergan intervyusida.

Taʼkidlanishicha, bunday taqiqlar gʻarb madaniyatiga qarshi kurash doirasida amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?