Xorijliklardan milliy liboslarimiz bilan ajralib turamiz — Raʼno Oʻrozova
Xabaringiz bor, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Kinematografiya agentligi hamda “Maʼrifat targʻibotchilari” jamiyati hamkorligida “Bir boʻlsak — yagona yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida “Kinokarvon” Sirdaryoda boʻlib turibdi.
Karvonning ikkinchi kunida mehmonlar Oqoltin tumani fuqarolari bilan uchrashdilar. Tadbirda 300 nafardan ortiq yosh-u qari ishtirok etdi. Unda “Maʼrifat targʻibotchilari” jamiyati aʼzosi Raʼno Oʻrozova milliy qadriyatlar haqida soʻz yuritdi.
“Tadbirkorlik va ishbilarmonlik bilan bir qatorda uyda oʻtirib farzandlariga qadriyatlarni yetkazib beruvchi hamda oʻz maslahatlarini ayamaydigan ayollar ham aslida davlatimiz siyosatini qoʻllab-quvvatlashmoqda. Axir qadriyatlarni avlodlarga yetkazib berish ham katta masʼuliyatdir.
Aslida bunday ayollar xazinadir. Ular milliylikni yoshlarga yetkazib berish jarayonida halqa boʻladi.
Deylik Navroʻz kabi milliy bayramlarda yigʻilganimizda oʻzligimizni namoyish qiyish uchun atlas va adraslar kiyamiz. Chet elga safarga chiqsak ham aynan milliy libos va aksessuarlarimiz bilan barchadan ajralib turamiz. Xorijdan kelgan mehmonlar ham asosiy diqqatini aynan shularga qaratishi bekorga emas”, deydi jamiyat aʼzosi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring