Xorijiy tillarni oʻrganish yoshlarga yangi imkoniyatlar taqdim etmoqda

11:23 07 Fevral 2024 Jamiyat
135 0

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga sifatli taʼlim berish, xorijiy tillar hamda kasb-hunarga oʻrgatish uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, amalga oshirilgan loyihalar doirasida 2023-yil davomida xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan 12,3 ming nafar yoshlarning imtihon topshirish xarajatlari uchun 21,7 mlrd soʻm mablagʻ ajratildi.

Yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini oʻrganishi va ularni xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida taʼlim oluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga olti oygacha muddatli oʻquv kurslar uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha miqdorda mablagʻ ajratib beriladi.

2023-yil davomida ushbu loyiha orqali 8072 nafar yoshlarga 18,1 mlrd soʻm mablagʻ ajratildi.

Respublika miqyosida xalqaro imtihon tizimlaridan yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari quyidagi tartibda qoplab berildi:

“IELTS” – 8 275 nafar;

“TOEFL” – 30 nafar;

“GMAT” – 13 nafar;

“SAT” – 960 nafar;

Rus tili – 2864 nafar;

Koreys tili – 77 nafar.

Bundan tashqari, qoʻshimcha 9 ta test (xorijiy til va imtihon turlari) sinovlarining xarajatlari qoplab berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?