Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha mobil guruhlar faoliyatiga start berildi
Shu kunlarda mamlakatimizning barcha viloyatlarida xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha mobil guruhlar faoliyatiga start berildi. Prezidentimizning tegishli qarori asosida mazkur guruhlar faoliyati 2021-yildan boshlangan boʻlib, undan koʻzlangan maqsad olis hududdagi oʻqituvchilarning, bilim, malaka, va koʻnikmalarini oshirishdan iboratdir. Xorijiy tillar fan oʻqituvchilari uchun seminarlar nemis, fransuz va ingliz tillarida tashkil etilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining qoʻshma qarori asosida Buxoro viloyatida ham xorijiy tillar oʻqituvchilaridan iborat mobil guruhlari uchun 5 kunlik oʻquv seminarlari tashkil qilinmoqda. Ular Buxoro shahridagi 12-sonli maktabda 3 ta guruhda 2 smenada, 4 va 23-sonli maktablarda 2 ta guruhda 1 smenadan oʻtkazilmoqda.
Mobil guruh oʻquv seminarlarida viloyat tasarrufidagi umumtaʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan jami 174 nafar xorijiy til fani oʻqituvchilari ishtirok etmoqda. Oʻquv seminarlari modullari Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi tomonidan tayyorlangan. Mobil guruhlarni viloyatimizda jami 7 nafar malakali, ham metodik, ham til bilish sertifikatiga ega oʻqituvchilar olib bormoqda. Oʻquv seminarlari 9-noyabrgacha davom etadi. Keyingi mobil guruhlar faoliyatini qishki taʼtilda oʻtkazish rejalashtirilgan.
Nozima Xoliqova,
Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi Buxoro viloyati vakilligi rahbari, dotsent.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring