Xorijiy til oʻqituvchilari uchun zamonaviy adabiyot, darslik va oʻquv qoʻllanmalar roʻyxati tasdiqlandi

18:54 05 Dekabr 2021 Madaniyat
1425 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga binoan Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi va Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan xorijiy til oʻqituvchilari uchun zamonaviy adabiyot, darslik va oʻquv qoʻllanmalar roʻyxati tasdiqlandi.

Bu haqda Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi maʼlum qildi.

Xabarda qayd etilishicha, Davlat byudjetidan Cambridge va Oxford kabi nufuzli nashriyotlardan kitoblar sotib olishi uchun 1 mln. soʻmdan mablagʻlar ajratiladi.

Ushbu imkoniyat oʻqituvchilarining xohish va istaklarini inobatga olgan holda, ularning chet tili darajalarini oshirish, yangi bilimlar bilan boyitish, oʻz ustilarida ishlashi uchun sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

“Tavsiya etilgan kitoblar respublikamiz boʻylab yetkaziladi. Til oʻqitish sohasiga oid bunday islohot taʼlim tizimida birinchi marotaba amalga oshirilmoqda. Oʻqituvchilarga qoʻyilgan talablarni bajarishlari uchun zamin yaratilmoqda. Shu sababli xorijiy til fani oʻqituvchilarimizdan yaratilayotgan imkoniyatdan oqilona va samarali foydalanishlarini soʻrab qolamiz” deya fikr bildirgan Agentlik direktori S.Obidov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?