Xorazmdagi savdo nuqtasida muddati oʻtgan dori vositalari sotilayotgani aniqlandi

14:48 27 Sentyabr 2024 Jamiyat
210 0

Foto: Prokuratura departamenti

Xorazmviloyatida yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda “M.H.” MChJ rahbari U.N. tibbiy buyumlar savdosi uchun tegishli ruxsatnomasi boʻlmasa-da, MCHJga qarashli klinikada dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shugʻullanib kelgani fosh etilgan.

Ushbu klinikada tashkil etgan savdo nuqtasida 86 turdagi umumiy bahosi 36,3 mln soʻmlik muvofiqlik sertifikatlari boʻlmagan hamda yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni savdoga qoʻyganligi aniqlanib, ushbu vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Manbaga koʻra, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tegishliligi boʻyicha tergovga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер