Xorazmdagi bogʻchada bolalarga qoʻpol munosabatda boʻlgan tarbiyachi ishdan olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatidagi maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachi bolalarga tarsaki tushirgani tasvirlangan videolavha eʼlon qilindi. Shuningdek, mazkur bogʻcha tarbiyalanuvchisining barmogʻiga igna sanchilgani haqida ham xabarlar tarqaldi.
Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ushbu holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Unga koʻra, holat Gurlan tumanidagi 23-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida sodir etilgan boʻlib, bolalarga qoʻpol munosabatda boʻlgan tarbiyachi Ф.С. kecha, 6-may kuni ishdan boʻshatilgan.
Qoʻshimcha qilinishicha, joriy yilning 17-aprel kuni 5 yoshli Я.Х. barmogʻi ehtiyotsizlik oqibatida bogʻcha eshigi orasida qolib ketgan va shikastlangan. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan fotosuratlar esa bolaga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilishi vaqtida olingan.
Uning onasi bergan maʼlumotlarda esa, barmoqqa sanchilgan igna emas, balki sim boʻlib, u aslida tibbiyot xodimi tomonidan barmoqni tikish maqsadida qoʻyilgan.
«Hozir bolaning sogʻligʻi toʻliq tiklangan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda», deyiladi ombudsman xabarida.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan 512-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi 5 yoshli bolani kaltaklagani, mazkur holat Bosh prokuratura nazoratida ekani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring