Xorazmda bu yil 47 nafar yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum oʻgʻil-qizlarga yangi xonadonlar topshiriladi
Foto: Xalq so‘zi
Davlatimiz rahbarining 2021 yil 9-avgustda qabul qilingan «Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori turli sabablarga koʻra oila va ota-ona mehridan mosuvo boʻlgan, murgʻaklikdanoq hayot sinovlariga roʻbaroʻ kelgan oʻgʻil-qizlarning jamiyatda oʻz oʻrnini topishi uchun har tomonlama koʻmaklashish ishlari qamrovi kengayishiga zamin yaratmoqda.
Ushbu hujjatga koʻra yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum bolalarga ular 18 yoshga toʻlgan yilda koʻp kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar oʻrtasida nikoh tuzilgan hollarda 50 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi.
Xorazm viloyatining Xonqa tumanida ana shunday yoshlardan ikki nafari - Mohira Allaberganova va Gʻanijon Sotimboyevga davlat tomonidan ajratilgan yangi xonadon orderi va kalitlari topshirildi.
— Sevinchimni soʻz bilan ifodalab berolmayman, — deydi Mohira Allaberganova. — Oʻz uyimiz boʻlishini orzu qilardiku, ammo bunday zamonaviy uy-joyga ega boʻlish yetti uxlab tushimizga ham kirmagan edi. Koʻngli yarim insonlarga baxtiyor yashash quvonchini baxsh etayotgan, inson shaʼni, qadr-qimmati ulugʻlanayotgan yurtda yashayotganimizdan shukrona aytaman. Bu eʼtibor zimmamizga Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish masʼuliyatini yuklaydi.
Oʻtgan yili viloyatda yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning 32 nafari uy-joy bilan taʼminlandi. Bu yil ushbu toifaga mansub oʻgʻil-qizlarning 18 yoshga toʻladigan 47 nafariga yangi xonadonlar topshiriladi.
Odilbek ODAMBOYEV, «Xalq soʻzi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring