Xorazm va Jizzaxda “prava” savdogarlari ushlandi

02:40 19 Avgust 2024 Jamiyat
190 0

Illyustrativ foto / Buxoro viloyati IIB

Xorazm va Jizzax viloyatlarida haydovchilik guvohnomalarini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bogʻot tuman boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro X.B. 5 nafar fuqaroga goʻyoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga fuqaro S.M.dan 2 400 AQSH dollari va 1,2 mln soʻm pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Doʻstlik tuman boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.J. fuqaro F.B.ga oʻzini Jizzax shahridagi “D.Sh.” MCHJ avtomaktabi instruktori deb tanishtirib, unga “V.S.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 700 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Manbaga koʻra, hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер