Xolis va tezkor axborot — ijtimoiy muhit barqarorligining muhim sharti

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Bugun jamiyatda osoyishtalikni taʼminlash va fuqaroning davlat siyosatiga nisbatan fikrini shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining oʻrni har qachongidan yuqori. Chunonchi, bu masalaga alohida eʼtibor qaratilib, davlat idoralarining jamoatchilik bilan aloqalar hamda matbuot xizmatlari instituti mamlakatimizda axborot olish va tarqatish siyosatida yuzaga kelayotgan muammolarga, jamiyatning islohotlar toʻgʻrisida keng qamrovli maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etish talablariga tezkor va toʻgʻri javob berish uchun tashkil etildi.
Bir qator vakolat va majburiyatlar taqdim qilinib, ijro hokimiyati va davlat tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash, islohotlar samaralaridan aholini xabardor etish hamda turli axborot xurujlariga nisbatan oʻz vaqtida munosabat bildirish matbuot xizmatlarining asosiy vazifalariga aylandi. Bir soʻz bilan aytganda, matbuot xizmatlari tom maʼnoda, muayyan tashkilot yoki boshqarmaning qiyofasini belgilovchi tuzilmaga aylanib, rasmiy veb-saytlar, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlarning tezkorligi va sifati oʻsha tuzilma faoliyatining oʻziga xos koʻzgusi hamdir.
Bugun ushbu xizmatlar faoliyatining samaradorligi qay darajada? Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati tomonidan tashkil etilgan ochiq muloqotda matbuot kotiblarining faoliyati shu prizma asosida tahlil etildi. Unda viloyatdagi ijro organlari, tashkilotlar matbuot xizmatlari rahbarlari ishtirokida 2025-yilning birinchi choragida oʻtkazilgan matbuot tadbirlari ijrosi muhokama etildi.
— Viloyatning Karmana, Navbahor, Qiziltepa, Konimex, Uchquduq hamda Nurota tumani hokimliklari matbuot xizmatlari tadbirlarni sifatli va toʻliq oʻtkazishgani holda Xatirchi tumani va Zarafshon hamda Gʻozgʻon shaharlarida bu masalaga jiddiy eʼtibor qaratilmaganligini taʼkidlash joiz, — dedi muloqotda viloyat hokimning matbuot kotibi Shohira Raufboyeva. — Natijada viloyat boʻyicha joriy yilning I choragida oʻtkazilishi kerak boʻlgan 110 ta press-tadbirlarning 19 tasi amalga oshirilmagan. Xususan, Xatirchi tumani hokimligi tomonidan 1 ta matbuot anjumani va Gʻozgʻon shahri hokimligi axborot xizmati 1 ta ochiq muloqot va 1 ta matbuot anjumanini oʻtkazmagan. Shuningdek, “Navoiy azot”, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJlari oʻtkazishi lozim boʻlgan brifing va press-tadbirlarning amalga oshirilishi taʼminlanmagan.
Yigʻilishda birinchi chorakda oʻtkazilmagan media-tadbirlarini hokimlik, korxona va tashkilot matbuot xizmati rahbarlari sifatli va toʻliq bajarishi shartligi belgilanib, xolis va tezkor axborot jamiyatda osoyishtalik va ijtimoiy muhit barqarorligining muhim sharti ekanligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring