Xitoyning elektromobillar ishlab chiqarish kompaniyasi Oʻzbekiston korxonalari bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda

13:55 02 May 2023 Siyosat
309 0

Muzokaralar  davomida  savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni   yoʻlga qoʻyish masalalari  muhokama qilishdi.

Xitoy kompaniyasi vakili mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va 30-aprel kuni oʻtkaziladigan muhim siyosiy tadbir — umumxalq referendumi tafsilotlari bilan tanishdi.

“Evergrande New Energy Automotive Group” kompaniya bosh menejeri Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikning bugungi  holatini  yuqori baholadi.

Xitoy  vakilining aytishicha, kompaniya Germaniya, Shvetsiya, Yaponiyadagi sohaning bir qancha yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan ehtiyot qismlarni yetkazib berishni yoʻlga qoʻygan. Shuningdek, Xitoyning “Tencent” va “Baidoo” innovatsion kompaniyalari bilan ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish doirasida hamkorlik qilinmoqda.

 Oʻzbekiston  diplomatlari Xitoy kompaniyasi ishtirokida Oʻzbekiston hududida ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish taklifini bildirishdi.     

Bosh menedjeri Tan Linning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo bozori salohiyatli boʻlib, kompaniya respublikaning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik  masalalarini  muhokama qilishga tayyor.

“Evegrande Group” tarkibiga kiruvchi “Evergrande New Energy Automobile” Guandun provinsiyasida joylashgan boʻlib, 2019-yilda roʻyxatdan oʻtkazilgan. Kompaniya “Hengchi” elektromobillarini ishlab chiqarish, sotish va ularga  texnik xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер