Xitoylik hamkorlar bilan qator kelishuvlarga erishilmoqda
Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib turibdi. Delegatsiya aʼzolari 20-yanvardan 26-yanvargacha qator sanoatlashgan hududlarda boʻlib, rasmiylar va yirik kompaniyalar rahbarlari bilan muzokaralar hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilgan.
Delegatsiyaning Chjeszyan provinsiyasi maʼmuriyati, provinsiyaning Kommersiya aloqalari Administratsiyasi vakillari bilan boʻlgan muloqotida oʻzaro manfaatli hamkorlikning amaliy jihatlari, jumladan, ikki tomonlama savdo aylanmasini yanada oshirish, yashil iqtisodiyot, tarmoqlarga yangi innovatsiyalar, zamonaviy “Nou-hau”larni keng joriy etish, ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Madaniyat, taʼlim va turizm sohalarida almashinuvlarni rivojlantirish muhim ekanligi taʼkidlandi.
Viloyat vakillari Xanchjoudagi Dayu Road boshlangʻich maktabi va uy jihozlari sanoatida yetakchi boʻlgan “KUKA Home Furnishing” kompaniyasi faoliyati bilan ham tanishdi. Dayu Road boshlangʻich maktabi 2011-yilda tashkil qilingan boʻlib, unda 36 ta sinf, boy adabiyot fondiga ega kutubxona va ilgʻor kampus tarmogʻi tizimi mavjud. Mazkur zamonaviy maktab tajribasi hamda mebel ishlab chiqarishdagi sanoat innovatsiyasini kelgusida Sirdaryoda joriy etish boʻyicha taklif berildi. Xitoylik hamkorlar ham bunga xayrixohlik bildirishdi.
Safarning ikkinchi kuni delegatsiya aʼzolari videokuzatuv uskunalari ishlab chiqarish va ushbu yoʻnalishda xizmat koʻrsatishda yetakchi boʻlgan “Zhejiang Dahua Technology“ kompaniyasining bosh ofisida boʻlishdi. Samimiy va ishchanlik ruhida oʻtgan muzokara davomida viloyat hokimi bugungi globallashuv jarayonida kompaniyaning ilmga asoslangan xavfsiz jamiyat, sifatli hayot qurishga boʻlgan intilishini alohida eʼtirof etdi. Shuningdek, viloyatni innovatsion hududga aylantirish borasida boshlangan ishlarga hamohang tarzda hayotiy muhim yoʻnalishlar — yoʻl harakati xavfsizligi, taʼlim va tibbiyot sohalarini raqamlashtirishda hamkorlik qilish taklifini bildirdi.
Yakunda hamkorlikning har bir yoʻnalishi boʻyicha ishchi guruh tuzish va birgalikda amalga oshiriladigan loyihalarni ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etishga kelishib olindi.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring